» » APL. “Liverpul” “Tottenhem”ni mag‘lub etdi, “Man Siti”, “Chelsi” yirik hisobda yutdi, “Arsenal” esa safarda g‘alaba qozondi

APL. “Liverpul” “Tottenhem”ni mag‘lub etdi, “Man Siti”, “Chelsi” yirik hisobda yutdi, “Arsenal” esa safarda g‘alaba qozondi


Bugun, 15-sentabr sanasida Angliya premyer-ligasining beshinchi tur bahslariga start berildi.

Tur doirasida bugunning o‘zida 7 ta uchrashuv bo‘lib o‘tishi belgilangandi. Jumladan, turning markaziy o‘yini “Tottenhem” hamda “Liverpul” jamoalari o‘rtasida kechdi. Bellashuv mehmonlar 1:2 hisobida g‘alaba qozondi. Klopp shogirdlaridan Jorjinyo Veynaldum va Roberto Firmino o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, “shporlar”ning javob goli Erik Lamela hisobiga yozildi.

Shuningdek, hozircha yo‘qotishsizlarsiz odimlayotgan “Chelsi” o‘z uyida “Kardiff Siti”ni imtihondan o‘tkazdi. Bahs 4:1 hisobida Mauritsio Sarri shogirdlari foydasiga hal bo‘ldi. Mezbonlar safida Eden Azar xet-trikka erishgan bo‘lsa, Villian ham o‘z hisobiga bitta gol yozib qo‘yishga erishdi. “Kardiff”ning yagona goli Bamba tomonidan kiritildi.

“Manchester Siti” esa o‘z maydonida “Fulhem”ni sinovdan o‘tkazib, 3:0 hisobidagi g‘alabani tantana qildi. Gollarga Leroy Sane, David Silva va Raxim Sterling mualliflik qildi.

“Arsenal” esa “Nyukasl” maydoniga safar qilib, Granit Jaka hamda Mesut O‘zilning gollari sabab 2:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

Angliya premer-ligasi

15-tur bellashuvlari

15-sentabr, shanba

Gollar: 0:1 – 39 Veynaldum, 0:2 – 54 Firmino, 1:2 - 90+3 Lamela.

Gollar: 1:0 – 19 Freyzer, 2:0 – 37 Freyzer, 3:0 – 41, penalti King, 4:0 – 81 Smit, 4:1 – 88, penalti Meddison, 4:2 – 89 Olbrayton.

Gollar: 0:1 – 16 Bamba, 1:1 – 37 Azar, 2:1 – 44 Azar, 3:1 – 80, penalti Azar, 4:1 – 83 Villian.

Gol: 0:1 – 38 Zaa.

Gollar: 1:0 – 2 Sane, 2:0 – 21 Silva, 3:0 – 47 Sterling.

Gollar: 0:1 – 49 Jaka, 0:2 – 58 O‘zil, 1:2 – 90 Klark.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2018, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют