» » AQShda teleboshlovchilar jonli efir vaqtida to‘fondan qochishga majbur bo‘ldi

AQShda teleboshlovchilar jonli efir vaqtida to‘fondan qochishga majbur bo‘ldi


AQShning Shimoliy Karolina shtatidagi WCTI telekanali xodimlari kuchayib borayotgan “Florens” to‘foni sabab bevosita jonli efir vaqtida tahririyatni tark etishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Evakuatsiya e’lon qilinganidan so‘ng, aksariyat jurnalistlar binoni tark etgan, biroq jonli efirda chiqish qilayotan boshlovchi o‘z joylarida qolishga qaror qilgan.

“Bino evakuatsiya qilindi, biroq biz sizni voqealar rivojidan boxabar qilib turish uchun shu yerda qolamiz”, — dedi meteorolog Donni Koks teletomoshabinlarga qarata.

So‘ng, u hamkasbi Sheyn Xinton bilan birga ma’lum muddat kadrda ko‘rinib turdi, biroq oxir-oqibat ular ham binoni tark etishga majbur bo‘ldi.

Eerie video as WCTI's meteorologists finally evacuate due to rising waters mid-broadcast, leaving just the radar of Florence's rain bands looping on repeat pic.twitter.com/9vxFqB8ZXl

— Brian L Kahn (@blkahn) September 14, 2018

Keyinroq telekanal bayonot berib, WCTI’ning hech bir xodimi to‘fondan zarar ko‘rmaganini ma’lum qildi. Sinoptiklarning fikricha, “Florens” so‘nggi yillard AQShga yopirilgan bo‘ronlar orasida eng xavflilaridan biridir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2018, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют