» » O‘zbekiston va Turkiya vakillari o‘rtasida Toshkentda yo‘llar yoqasida pulli to‘xtash joylarini qurish bo‘yicha memorandum imzolandi (video)

O‘zbekiston va Turkiya vakillari o‘rtasida Toshkentda yo‘llar yoqasida pulli to‘xtash joylarini qurish bo‘yicha memorandum imzolandi (video)


Toshkent shahar hokimligi va Turkiyaning Senkron teknoloji A.S. kompaniyasi o‘rtasida Toshkentda yo‘llar yoqasida avtomatlashtirilgan pulli to‘xtash joylarini qurish bo‘yicha hamjihatlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, Turkiya tomoni O‘zbekiston tomoni bilan birgalikda loyihaning moliyaviy modelini ishlab chiqadi, uskunalarni yetkazib beradi va loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlaydi. O‘zbekiston tomoni yo‘llar yoqasida avtomatlashtirilgan pulli to‘xtash joylarini qurish loyihasini amalga oshirishda hududlarni taqdim etishni kafolatlaydi.

Hujjat doirasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim kelishiladi va imzolanadi. Loyiha qiymati taxminan 6 million dollarga teng.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2018, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют