» » Buxoroda talonchilik qilgan muqaddam sudlangan shaxs qo’lga olindi

Buxoroda talonchilik qilgan muqaddam sudlangan shaxs qo’lga olindi


Buxoro viloyatining Kogon shahrida joriy yilning 14-sentabr kuni noma’lum shaxs “Istiqlol” MFY hududida fuqaro A.N.ni kuch ishlatish yo’li bilan qo‘rqitib, 100 ming so‘m puli, Nokia mobil telefoni va velosipedini olib, voqea joyidan qochib ketgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Kogon shahrida  yashovchi muqaddam sudlangan R.M. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2018, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 39) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют