» » Surxondaryoda YPX xodimiga pora taklif qilgan yo‘lovchi ushlandi

Surxondaryoda YPX xodimiga pora taklif qilgan yo‘lovchi ushlandi


Joriy yilning 12-sentabr kuni Surxondaryo viloyati IIB xodimi o‘z rahbariga axborot berib, unda shu kuni Oltinsoy tuman hududida joylashgan YPX maskanida xizmat olib borayotgan vaqtida fuqaro E.B. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinani tegishli hujjatlarsiz boshqarganligi uchun, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, jarima maydoniga joylashtirganligini, shundan so‘ng avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchisi avtomashinani jarima maydonidan chiqarib berish va jarimani kamaytirib berish evaziga pora taklif qilayotganligini ma’lum qilgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Mazkur bildirgi yuzasidan 13-sentabr viloyat IIB va tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida E.N. xodimga  310 000 so‘m berayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2018, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют