» » O‘zbekistonlik harbiylar Tojikistonda qo‘shma mashg‘ulotlarda  ishtirok etadi

O‘zbekistonlik harbiylar Tojikistonda qo‘shma mashg‘ulotlarda  ishtirok etadi


Joriy yilning 18—22-sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Tojikiston Respublikasining tog‘li  hududlarida o‘tkaziladigan aksilterror qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

5 kun davomida Tojikistonning So‘g‘d viloyatida bo‘lib o‘tadigan ushbu mashg‘ulotlarda O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga qarashli bo‘linmalar va tezkor guruhlardan iborat yuz nafarga yaqin harbiylar, Tojikiston Respublikasining harbiy boshqarma organlari, shuningdek,  So‘g‘d garnizoni bo‘linmalari va harbiy qismlari harbiylari ishtirok etishi rejalashtirilgan. Jami ikki mamlakatdan 600 nafarga yaqin harbiylar hamkorlikda shartli dushman kuchlarini yo‘q qilish bo‘yicha tog‘li og‘ir sharoitlardagi mashg‘ulotlarda qatnashadi.

Hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotlari Tojikistonning “Chorrux-Dayron” o‘quv markazi va “Nurafshon” poligonida o‘tkaziladi.

16-sentabr kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari hamkorlikdagi aksilterror mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun Tojikistonga yetib bordi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning avgust oyida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Tojikiston mudofaa vaziri general-polkovnik Sherali Mirzo O‘zbekison Mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov bilan uchrashuvi davomida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari mintaqadagi eng kuchli va zamonaviy qurol-aslahalarga, O‘zbekiston armiyasining harbiy xizmatchilari jangovar o‘quv mashg‘ulotlari borasida yaxshi bazaga ega ekanligini ta’kidlagan edi. Shuningdek, Sherali Mirzo o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilarini murakkab sharoitda qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etishga va armiya jamoalari o‘rtasida sport hamda madaniy tadbirlarni o‘tkazishga taklif bildirgandi.

Shuningdek, uchrashuv davomida ikki mamlakat mudofaa idoralari rahbarlari 2018-yilga o‘zaro harbiy hamkorlik rejasini ham imzolagani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2018, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют