» » @paxta2018_bot’iga kelib tushgan muammo va majburiy mehnatga oid xabarlar joylarda o‘rganib chiqilmoqda

@paxta2018_bot’iga kelib tushgan muammo va majburiy mehnatga oid xabarlar joylarda o‘rganib chiqilmoqda


@paxta2018_bot’iga ko‘plab xabarlar kelib tushmoqda. Ularning aksariyati savollardan iborat, lekin muammolar ham kam emas. Muammo va majburiy mehnatga oid xabarlar joylarda o‘rganib chiqilmoqda. Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev o‘z Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Masalan, shunday xabarlardan biri asosida Namangan shahar prokuraturasi tomonidan joriy yilning 14-sentabr kuni Namangan shahar “Chorsu dehqon universal bozori” AJda 2018-yil paxta yig‘im-terimi uchun majburiy mehnatga jalb qilish holatlari va terim uchun majburiy pul yig‘imlari yig‘ish holatlari tekshirildi.

Tekshiruvda dehqon bozori hududida savdo qiluvchi tadbirkorlar, nazoratchilar va AJ ma’muriyatining xodimlari bilan suhbatlar o‘tkazilganda, savdogarlardan pul mablag‘lari yig‘ilmagani va majburiy mehnatga jalb qilinmagani, faqatgina bozor ma’muriyati tomonidan paxta yig‘im terimi mavsumida ixtiyoriy ravishda qatnashishi mumkinligi, ularga to‘lanadigan ish haqi va boshqa sharoitlar haqida tushunchalar berilgani aniqlandi.

Shuningdek, shahar prokuraturasi tomonidan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ularga paxta yig‘im-terimi uchun majburiy mehnatga jalb qilish va pul yig‘ish mumkin emasligi ta’kidlanib, shunday holatlar yuzaga kelgan taqdirda belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berilishi lozimligi tushuntirildi.

Bundan tashqari, “Chorsu dehqon universal bozori” AJ tomonidan paxta yig‘im-terimi uchun bozor hududida savdo qiluvchi savdogarlardan pul mablag‘lari yig‘ish va ularni majburiy mehnatga jalb qilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik xususida AJning rahbari, o‘rinbosari va nazoratchilari rasman ogohlantirildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda majburiy mehnat borasida quyi bo‘g‘indagi o‘zboshimcha rahbarlarni fosh etishda hukumatga yordam berish uchun @paxta2018_bot manzilida “PAXTA-2018” nomli maxsus bot ochilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2018, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют