» » La Liga. “Barselona” peshqadam, “Real” yo‘qotishga uchradi, “Atletiko M” va “Valensiya”da esa “inqiroz” (turnir jadvali)

La Liga. “Barselona” peshqadam, “Real” yo‘qotishga uchradi, “Atletiko M” va “Valensiya”da esa “inqiroz” (turnir jadvali)


Ortda qolgan dam olish kunlarida futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 4-turi doirasida 9 ta bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, “Atletiko Madrid” jamoasi o‘z maydonida “Eybar”ni qabul qilib, 1:1 hisobidagi durang natijasini qayd etdi.

“Barselona” esa “Real Sosyedad” mehmoni bo‘lib, 2:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi. Katalaniyaliklarning gollariga Luis Suares hamda Usmon Dembele mualliflik qilgan bo‘lsa, mezbonlardan Elustondo o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

“Real Madrid” esa “Atletik B” mehmoni bo‘lib, 1:1 hisobida durang qayd etdi. Gollarga mezbonlardan Iker Muniain, “Qirollik klubi”dan Isko muallifklik qildi. Shu tariqa “Real” mavsumdagi ilk yo‘qotishga duch keldi.

“Valensiya” “Betis”ni qabul qilib, 0:0 hisobidagi durang qayd etdi. “Sevilya” esa o‘z uyida “Xetafe”ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

4-turdan so‘ng “Barselona” 12 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. Ikkinchi o‘rinda esa 10 ochko bilan “Real Madrid” bormoqda. 3-pog‘onadan bugun 4-tur uchrashuvini o‘tkazadigan “Selta” joy olgan. Vigoliklar hisobida hozircha 7 ochko mavjud.

La Liga

4-tur bellashuvlari

14-sentabr, juma

“Ueska”—“Rayo Valyekano” 0:1

Gol: 0:1—29 Imbula.

15-sentabr, shanba

“Atletiko Madrid”—“Eybar” 1:1

Gol: 0:1—87 Enrik, 1:1—90+3 Garses.

“Real Sosyedad”—“Barselona” 1:2

Gollar: 1:0—12 Elustondo, 1:1— 63 Suares, 1:2—66 Dembele.

“Valensiya”—“Betis” 0:0

“Atletik B”—“Real Madrid” 1:1

Gollar: 1:0 – 32 Muniain, 1:1 – 63 Isko.

16-sentabr, yakshanba

“Leganes”—“Vilyarreal” 0:1

Gol: 0:1 – 65 Bakka.

“Espanyol”—“Levante” 1:0

Gol: 1:0 – 52 Garsiya.

“Valyadolid”—“Alaves” 0:1

Gol: 0:1 – 90 Ibai Gomes.

“Sevilya”—“Xetafe” 0:2

Gol: 0:1 – 3 Anxel, 0:2 – 38 Anxel.

17-sentabr, dushanba

“Jirona”—“Selta” 00:00



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2018, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют