» » Fransiya prezidentligiga nomzod Marin Le Pen Livan muftiysi bilan uchrashuvdan bosh tortdi. Undan boshga ro‘mol o‘rash iltimos qilingandi

Fransiya prezidentligiga nomzod Marin Le Pen Livan muftiysi bilan uchrashuvdan bosh tortdi. Undan boshga ro‘mol o‘rash iltimos qilingandi


Fransiya prezidentligiga nomzod Marin Le Pen boshga ro‘mol o‘rash talabi sabab Livan muftiysi Shayx Abdul Latif bilan uchrashuvdan bosh tortdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

“Mening hurmatimni muftiy janoblariga yetkazib qo‘yishingiz mumkin, lekin men o‘zimni yashirmoqchi emasman”, — dedi Le Pen jurnalistlar bilan uchrashuv chog‘ida.

Muftiyning matbuot xizmatidagilarning ma’lum qilishicha, diniy nuqtai nazardan ro‘mol o‘rash talabi haqida Le Pen jamoasi uchrashuvdan yetarlicha avval ogohlantirilgan edi.

Marin Le Pen 20-fevraldan beri tashrif bilan Livanda bo‘lib turibdi. U hozirgacha Livan prezidenti Mishel Aun bilan uchrashishga ulgurdi.

Marin Le Pen “Milliy front” partiyasi yetakchisi hisoblanadi. U birinchi turi 2017-yil aprelida bo‘lib o‘tadigan Fransiya prezidenti saylovining asosiy favoritlaridan biri sanalmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-02-2017, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 84) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют