» » A Seriya. Ronaldu gol urishni boshladi, “Inter” yutqazdi, “Milan” va “Roma”da durang, “Napoli”da esa g‘alaba (turnir jadvali)

A Seriya. Ronaldu gol urishni boshladi, “Inter” yutqazdi, “Milan” va “Roma”da durang, “Napoli”da esa g‘alaba (turnir jadvali)


Dam olish kunlari futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 4-turi doirasida 9 ta bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Turni “Inter”—“Parma” bahsi ochib berdi. Kutilmaganda “Parma” mezbonlarni o‘z uyida Dimarkoning 79-daqiqada kiritgan goli evaziga mag‘lub etib, 3 ochkoga ega bo‘ldi. “Napoli” o‘z uyida “Fiorentina” qabul qilib, Lorenso Insinyening goli evaziga g‘alaba qozondi.

“Roma” “Kyevo” bilan bahsda 2:2 hisobida durang qayd etdi. “Yuventus” o‘z uyida “Sassuolo”ni qabul qilib, Krishtianu Ronalduning dubli evaziga g‘alaba qozondi.  Shu tariqa Ronaldu A Seriyadagi gollari hisobini ochib olishga erishdi.

“Milan” “Kalyari” maydoniga safar qilib, 1:1 hisobidagi durangga erishdi. Yozda klubga kelib qo‘shilgan Gonsalo Iguain milanliklarga 1 ochko keltirgan golga mualliflik qildi.

4-turdan so‘ng 12 ochko to‘plagan “Yuventus” musobaqa jadvalida peshqadam bo‘lib turgan bo‘lsa, 9 ochko bilan “Napoli” 2-o‘ringa, 7 ochkosi bor “Sassuolo” esa 3-o‘ringa joylashgan.

A Seriya

4-tur bellashuvlari

15-sentabr, shanba

Gol: 0:1 – 79 Dimarko.

Gol: 1:0 – 79 Insinye.

Gollar: 0:1 – 10 Kualyarella, 0:2 – 47 Kaprari, 0:3 – 54 Defrel, 0:4 – 83, penalti Kovnatski, 0:5 – 86 Defrel.

16-sentabr, yakshanba

Gollar: 1:0 – 10 Al-Shaaravi, 2:0 – 30 Kristante, 2:1 – 52 Birsa, 2:2 – 83 Stempinski.

Gollar: 1:0 – 28 de Paul, 1:1 – 49 Meyte.

Gol: 1:0 – 69 Pentek.

Gollar: 1:0 – 50 Ronaldu, 2:0 – 65 Ronaldu, 2:1 – 90 al-Babakar.

Chetlatish: Duglas Kosta (90).

Gol: 0:1 – 47 Parolo.

Gollar: 1:0 – 4 Joao Pedro, 1:1 – 55 Iguain.

17-sentabr, dushanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2018, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют