» » Futbol bo‘yicha U23 Osiyo chempionati—2020 saralash bahslariga O‘zbekiston mezbonlik qiladi

Futbol bo‘yicha U23 Osiyo chempionati—2020 saralash bahslariga O‘zbekiston mezbonlik qiladi


23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida 2020-yil yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga Tailand mezbonlik qiladi.

Tailandda bo‘lib o‘tadigan musobaqaning saralash bosqichi 2019-yilda o‘tkaziladi. OFK qaroriga ko‘ra, qur’a tashlashdan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi bilan bir guruhdan joy oladigan jamoalar saralash bahslarini 18—26-mart kunlari O‘zbekistonda o‘tkazadi.

2020-yilning 8—26-yanvar kunlari Tailandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati U23 da oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan jamoalar Tokio—2020 yozgi olimpiada o‘yinlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma oladi.

Ma’lumot uchun, 2018-yilda bo‘lib o‘tgan so‘nggi Osiyo chempionatida O‘zbekiston U23 terma jamoasi chempionlikka erishgandi. ?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2018, 15:41)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют