» » Ravshan Ermatov va Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar OChL o‘yinlarini boshqaradi

Ravshan Ermatov va Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar OChL o‘yinlarini boshqaradi


O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov va uning brigadasi Osiyo Chempionlar Ligasi uchrashuvlariga tayinlandi, deb xabar beradi O‘FA matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, bugun, 17-sentabr sanasida “Persepolis” (Eron) – “Al-Duxail” (Qatar) bahsini Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam bersa, Valentin Kovalenko va Ilgiz Tantashev darvoza ortidagi hakamlar vazifasini bajaradi. Zaxira hakami esa Husniddin Shodmonov.

Shuningdek, ertaga, 18-sentabr sanasida “Al-Jazira” (Iordaniya) – “Eir Fors Klub” (Iroq) uchrashuvini Aziz Asimov va uning brigadasi boshqarib boradi. Asimovga qanotlarda Ruslan Serazetdinov va Alisher Usmonov yordam beradi. Sherzod Kosimov esa zahira hakami vazifasini bajaradi.

Qayd etish joiz, Ravshan Ermatov va Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar guruhi Toshkentga 19-sentabr kuni qaytadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2018, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют