» » Oliy Majlis Senatida Hindiston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Oliy Majlis Senatida Hindiston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


16-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqotining beshinchi majlisida ishtirok etish doirasida O‘zbekistonda bo‘lib turgan Hindiston Tashqi ishlar davlat vaziri Mubashir Javed Akbar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy Majlisi Senati axborot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning istiqbollari, shu jumladan joriy yil oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga davlat tashrifini tashkil etishga doir masalalar muhokama qilindi.

Tomonlar O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida do‘stlik va strategik hamkorlik munosabatlari ildam rivojlanib borayotganini ta’kidladi. Ko‘p asrlik madaniy va savdo-iqtisodiy aloqalarga, eng avvalo, xalqlar o‘rtasidagi chin do‘stlik rishtalariga asoslangan O‘zbekiston—Hindiston munosabatlari yuksak darajadagi ikki tomonlama hamkorlik sifatida tavsiflanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Hindistonga davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida qo‘shma tadbirlar amalga oshirilayotgani qayd etildi. Xususan, Hindistonda O‘zbekiston Respublikasining madaniyat kunlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi. “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqoti Hindiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi siyosiy va iqtisodiy hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini, barqaror taraqqiyotga xavf soluvchi tahdidlarga qarshi kurashish, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama aloqalarni, transport-logistika va investitsiya sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilish uchun o‘ziga xos maydonga aylandi.

Tomonlar parlamentlararo hamkorlikni, shu jumladan parlamentlararo do‘stlik guruhlari yo‘nalishida ham mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida Hindiston respublikasi Parlamenti bilan hamkorlik bo‘yicha do‘stlik guruhi o‘z faoliyatini olib bormoqda.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Mubashir Javed Akbar O‘zbekiston va Hindiston qo‘shma tadbirlarini muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun barcha sa’y-harakatlarni ishga solishga tayyorligini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2018, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют