» » AQShning xalqaro diniy erkinlik masalalari bo‘yicha elchisi O‘zbekistonga keldi

AQShning xalqaro diniy erkinlik masalalari bo‘yicha elchisi O‘zbekistonga keldi


AQShning xalqaro diniy erkinlik sohasida alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi Sem Braunbek boshchiligidagi delegatsiya 17-sentabr kuni O‘zbekistonga keldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

AQSh delegatsiyasi tashrifi doirasida Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Diniy bag‘rikenglik: O‘zbekiston va AQSh tajribasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tadi.

Unda mamlakatning qator vazirlik va idoralari mutasaddilari, fuqarolik jamiyati institutlari, diniy konfessiyalar vakillari ishtirok etadi.

Tadbir doirasida Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti va AQShning Global hamkorlik instituti o‘rtasida memorandum imzolanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, AQSh delegatsiyasi Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2018, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют