» » O‘zbekistonning doimiy vakili YuNESKO rahbariga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning doimiy vakili YuNESKO rahbariga ishonch yorliqlarini topshirdi


O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili Umid Shodiyev tashkilot bosh direktori Odri Azulega ishonch yorliqlarini topshirdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston rahbariyati tashkilot bilan, shu jumladan, respublikaning boy tarixiy-madaniy merosini asrash va rivojlantirish sohasida hamkorlik qilish va aloqalarni mustahkamlashga katta ahamiyat berayotgani qayd etildi.

Odri Azule o‘zbek xalqining an’anaviy va madaniy qadriyatlarini rivojlantirish bo‘yicha siyosatni, shuningdek, Shahrisabzda bo‘lib o‘tgan Xalqaro maqom san’ati forumi yakunlarini yuqori baholadi. U O‘zbekiston madaniyati butunjahon merosining muhim qismi ekanligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Umid Shodiyev O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy elchisi etib avgustda tayinlangan edi. Bungacha (2008-yildan) O‘zbekistonning YuNESKOdagi elchisi Lola Karimova-Tillayeva bo‘lgan. U ushbu lavozimni tark etishi haqida 2-fevral kuni ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2018, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют