» » Jerar Depardye Turkiya fuqaroligini olmoqchi

Jerar Depardye Turkiya fuqaroligini olmoqchi


Aktyor Jerar Depardye Turkiya fuqaroligini olishni istayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Aydinlik gazetasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Xabar berilishicha, aktyor mazkur bayonotni Pxenyanda qilgan. Depardyening so‘zlariga ko‘ra, u oktabr oyida Turkiyaga borib, Erdo‘g‘on bilan gaplashmoqchi.

Avvalroq France Presse agentligi jurnalistlar Depardyeni Shimoliy Koreyadagi mehmonxonalardan birining barida ko‘rganini ma’lum qilgan. Ayni paytda Pxenyanda KXDRga asos solinganining 70 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Depardye Putinning 2013-yil 1-yanvaridagi farmoniga asosan Rossiya fuqaroligini qo‘lga kiritgan edi. Depardye Fransiya fuqaroligini ham saqlab qolgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2018, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют