» » Olimlar aspirinning keksa odamlar umrini uzaytirishi haqidagi fikrlarni rad etdi

Olimlar aspirinning keksa odamlar umrini uzaytirishi haqidagi fikrlarni rad etdi


Olimlar aspirinning har kuni qabul qilinishi keksa kishilar umrini uzaytirishga yordam bermasligini aniqladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Tajriba besh yil davomida o‘tkazilgan. Unda Avstraliya va AQShdan 19 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan. Ularning o‘rtacha yoshi 74 ni tashkil qilgan. Ishtirokchilarning nogironligi bo‘lmagan hamda yurak-qon tomir kasalliklari va aqli pastlik bilan og‘rimagan. Ishtirokchilarning yarmi kuniga 100 milligramm aspirin qabul qilgan, bir vaqtning o‘zida qolganlar platsebo qabul qilgan.

Tadqiqotning ko‘rsatishicha, tajriba ishtirokchilari o‘rtasida o‘lim, nogironlik yoki aqli pastlikning chastotasi bo‘yicha sezilarli farq bo‘lmagan. Olimlar tajribada ishtirok etuvchilarning birinchi guruhida har mingta kishining 21,5 tasida, ikkinchi guruhda esa 21,2 tasida shunday holatni qayd etgan. Shu bilan birga, jiddiy qon ketish xavfi aspirin qabul qiluvchilarda 3,8 foizni, platsebo qabul qiluvchilarda esa 2,8 foizni tashkil qilgan.

Tadqiqotchilarning xulosasiga ko‘ra, besh yil davomida keksa kishilarning aspirin qabul qilishi ularning umrini uzaytirmagan va jiddiy qon ketishlar sonini oshirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2018, 06:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют