» » Toshkentda yil oxirigacha mingta bankomat o‘rnatiladi. Markaziy bank vakili ularning har biri naqd pul bilan to‘ldirilishiga va’da berdi

Toshkentda yil oxirigacha mingta bankomat o‘rnatiladi. Markaziy bank vakili ularning har biri naqd pul bilan to‘ldirilishiga va’da berdi


Toshkent shahrida 2017-yil oxiriga qadar 1000 dona bankomat o‘rnatiladi. Bu haqda, O‘zbekiston Markaziy bankining Toshkent bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i Majid Tohirovga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Bankomatlar “aholini naqd pul bilan ta’minlash maqsadida” o‘rnatiladi. “Uning ta’kidlashicha, har bir bankomat pul bilan to‘ldiriladi”, — deb yozadi “Gazeta.uz”.

Majid Tohirovning qo‘shimcha qilishicha, hozirda tijorat banklari bankomatlarni xarid qilish bo‘yicha yetkazib beruvchilar bilan muzokaralar olib bormoqda.

Mavzuga doir: “Bankda naqd pul bo‘lmasa, bankomatdan nima naf?”. “Xolis tadqiqotchi” O‘zbekistondagi naqd pul muammosi sabablari va uni bartaraf etish yo‘llarini sanadi

Markaziy bank vakillari tomonidan 1000 ta bankomat haqida birinchi marta bayonot berilayotgani yo‘q. 2017-yil yanvarida bankning pul muomalasi departamenti xodimi Faxriddin Boboyev ham bu haqda fikr bildirgan. Faqat u, Majidovdan farqli o‘laroq, 1000 ta butun O‘zbekistonga yetkazib berilishini aytgan edi.

Mavzuga doir: Markaziy bank plastik kartadan naqd pul yechib olish masalasini hal qilishga va’da berdi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-02-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют