» » O‘zbekiston Ukrainadan kamroq shakar xarid qildi, ammo asosiy importchi maqomini saqlab qoldi

O‘zbekiston Ukrainadan kamroq shakar xarid qildi, ammo asosiy importchi maqomini saqlab qoldi


2018-yil avgust oyi davomida Ukraina shakar ishlab chiqaruvchilari 22,4 ming tonna shakarni tashqi bozorga yetkazib berdi, ularning 79 foizini O‘zbekiston xaridi qildi. Bu haqda Ukraina shakar ishlab chiqaruvchilar milliy assotsiatsiyasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.

Bu O‘zbekiston avgust oyida Ukrainadan 17,7 tonna shakar sotib olganini bildiradi. Taqqoslash uchun, O‘zbekiston iyun oyida 34,5 ming tonna, iyul oyida esa 32,7 tonna shakarni Ukrainadan import qilgandi.

“Avgust oyi mobaynida mahalliy ishlab chiqaruvchilar 22,4 ming tonna shakarni tashqi bozorga eksport qildi. Avgust oyida eng ko‘p xaridni O‘zbekiston amalga oshirdi — 79 foiz. Keyingi o‘rinlarda Ozarbayjon (10 foiz) va Moldova (6 foiz) xaridorlari qayd qilindi”, — deyiladi assotsiatsiya xabarida.

Assotsiatsiyadan qayd etishlaricha, avgust shakar eksport qilish bo‘yicha eng faol oy emas, shuning uchun iyul oyi bilan qiyoslaganda chet elga jo‘natilgan yuklar miqdori 39 foizga qisqardi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2018, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 35) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют