» » Uchquduqda 10 gektarli sun’iy ko‘l barpo etiladi

Uchquduqda 10 gektarli sun’iy ko‘l barpo etiladi


Shavkat Mirziyoyevning joriy yil mart oyida Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida Uchquduq tumani aholisi uchun ommaviy dam olish maskani qurish vazifasi belgilangan edi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi tomonidan Uchquduq shahri hududida sun’iy ko‘l majmuasini barpo etish yuzasidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, umumiy maydoni 10 gektarni tashkil etadigan, loyiha qiymati 13 milliard so‘mlik dam olish maskani barpo qilinadi. Dam olish maskanining sun’iy ko‘lida katamaran va qayiqlarda sayr qilish bilan birga suv sporti musobaqalarini o‘tkazish ham mumkin bo‘ladi.

Ko‘l sohilidagi istirohat bog‘ida esa musiqali favvora, ovqatlanish shoxobchalari, voleybol o‘yingohi, tennis maydonchasi bunyod etilishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2018, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют