» » Islom taraqqiyot banki delegatsiyasi Xalqaro islom akademiyasida bo‘ldi

Islom taraqqiyot banki delegatsiyasi Xalqaro islom akademiyasida bo‘ldi


Islom taraqqiyot banki guruhi prezidenti Bandar Hajar boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda mehmon bo‘lib turibdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Delegatsiya a’zolari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida bo‘ldi. Mehmonlar dastlab akademiya tarkibidagi Manbalar xazinasini ko‘zdan kechirdi. Bu yerda saqlanayotgan nodir qo‘lyozma asarlar, qadimiy qo‘lyozma va toshbosma asarlar Islom taraqqiyot banki delegatsiyasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Tadbir doirasida Islom taraqqiyot banki delegatsiyasining ushbu akademiya talabalari, magistrant, professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Xorijlik mehmonlar Islom taraqqiyot banki, uning faoliyati xususida atroflicha ma’lumot berdi.

—O‘zbekistonda inson omiliga, yoshlar ta’lim-tarbiyasiga ustuvor ahamiyat qaratilayotgani diqqatga sazovor, — deydi bank prezidenti Bandar Hajar. — Bu diyor jahon ilm-faniga, ma’rifati rivojiga munosib hissa qo‘shgan buyuk mutafakkirlar, ulug‘ allomalar vatani. Yoshlar shu tabarruk yurtga munosib inson bo‘lib ulg‘ayishi kerak.

Delegatsiya a’zolari Toshkent viloyatida barpo etilayotgan zamonaviy uy-joylar bilan tanishdi. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va boshqa muassasalar, tegishli vazirlik va idoralarda bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2018, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют