» » O‘zbekistonda birinchi “AQSh biznesi haftaligi” oktabrda bo‘lib o‘tadi

O‘zbekistonda birinchi “AQSh biznesi haftaligi” oktabrda bo‘lib o‘tadi


O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligida AQSh Davlat kotibi yordamchisining iqtisod va biznes bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Brayan MakFiters bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Spot.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralar jarayonini qayta tiklash, Markaziy Osiyoda mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik istiqbollari masalalarini, shuningdek, 15—19-oktabr kunlari “O‘zbekistonda AQSh biznesi haftaligi”ni o‘tkazishga tayyorgarlik ishlarini muhokama qildi.

“AQSh biznesi haftaligi” birinchi marta O‘zbekistonda tashkil qilinadi.

Haftalik doirasida AQSh va Markaziy Osiyo Mamlakatlari o‘rtasida Savdo va investitsiyalar bo‘yicha bitim Kengashi majlisi, Markaziy Osiyo savdo forumi va O‘zbekiston-Amerika biznes forumi o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2018, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют