» » “Taxtlar o‘yini” eng yaxshi dramatik serial sifatida “Emmi” mukofotiga sazovor bo‘ldi

“Taxtlar o‘yini” eng yaxshi dramatik serial sifatida “Emmi” mukofotiga sazovor bo‘ldi


70-“Emmi” mukofotlarini topshirish marosimi Los-Anjelesda bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Kommersant”.

“Eng yaxshi dramatik serial” yo‘nalishida bosh sovrinni “Taxtlar o‘yini” qo‘lga kiritdi. Eng yaxshi komediyali serial esa “Ajoyib missis Meyzel” bo‘ldi.

Ushbu serialda bosh rolni ijro etgan Reychel Brosnaxen komediya yo‘nalishidagi eng yaxshi aktrisa deb topildi. Komediya yo‘nalishidagi eng yaxshi aktyor esa Billi Xeyder bo‘ldi (“Barri” seriali).

Dramatik serialdagi rollari uchun eng yaxshi aktrisa va aktyor Kler Foi (“Toj”) va Mettyu Riz (“Amerikaliklar”) bo‘ldi. Ikkinchi darajali eng yaxshi aktyor va aktrisa nomlariga Piter Dinkleyj (“Taxtlar o‘yini) va Tendi Nyuton (“Yovvoyi G‘arb olami”) sazovor bo‘ldi.

Eng yaxshi dramatik serial rejissori — Stiven Doldri (“Toj”), ssenariynavislar — Joel Filds va Jozef Vaysberg (“Amerikaliklar”) bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2018, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют