» » Olimlar halokatli tabiiy ofatning kutilmagan belgilarini aniqladi

Olimlar halokatli tabiiy ofatning kutilmagan belgilarini aniqladi


Britaniya geologiya xizmati va Shotlandiyadagi Dandi universiteti olimlari taxminan 1,5 ming yil avval Shetlandiya orollariga yopirilgan ulkan to‘lqinlar izlarini aniqladi, deb yozadi “Izvestiya”.

Olimlar Shetlandiya orollaridagi turli hududlardan olingan tog‘ jinslari namunalarini tahlil qildi. Ularda 7 sm qalinlikdagi qum qatlami ustidagi undan ham qalinroq (35 sm) qora torf qatlami aniqlandi. Ushbu qatlamlar deyarli bir zumda shakllangan, bu esa ulkan to‘lqin bilan izohlanadi.

Yangi kashfiyot yordamida olimlar katta ko‘lamli sunami va yer o‘pirilishlari har 100 ming yilda bir martadan ko‘proq sodir bo‘lishi mumkinligi va ular doim ham muzlik davrlari bilan bog‘liq bo‘lmasligi haqidagi xulosaga keldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2018, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют