» » Buyuk Britaniyaning HSBC banki boshqarma boshlig‘i O‘zbekiston moliya vazirining maslahatchisi etib tayinlandi

Buyuk Britaniyaning HSBC banki boshqarma boshlig‘i O‘zbekiston moliya vazirining maslahatchisi etib tayinlandi


O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 15-sentabrdagi 302-lS sonli buyrug‘iga asosan Odilbek Isoqov moliya vazirining maslahatchisi, moliya vazirligining davlat suveren, korporativ (bank) qarz majburiyatlari va davlat qarzi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi, deb xabar beradi vazirlik axborot xizmati.

“Xorijda faoliyat yuritayotgan O‘zbekistonlik mutaxassislar, ayniqsa men kabi Buyuk Kelajak xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti ekspertlari uchun yurtimizning ildam qadamlar bilan dunyoga ochilayotgani juda quvonarlidir. Vatanimiz ravnaqi yo‘lida olib borilayotgan islohotlar jarayonida ishtirok eta olish huquqi menga taqdim etilganligidan juda xursandman.

O‘zining mustaqil Xalqaro kredit reytingini olish va jahon moliya bozorida ilk suveren Evrobondini chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston hukumati tomonidan qabul qilingan qaror – bu chin ma’noda tarixiy qadam bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Mazkur qadamimiz vatanimizning iqtisodiy va investitsion salohiyatini butun dunyoga ochiqligini ko‘rsatib, islohotlarni esa fiskal va monetar intizom bilan davom ettirishga undaydi deb o‘ylayman.

Bu borada, davlat qarzini samarali boshqarishni tashkil etish ma’suliyati menga ishonib topshirilgan ekan, men bu ishonch uchun davlatimiz va moliya vazirligi rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

So‘zim so‘ngida, xorijdagi malakali hamyurtlarimizni O‘zbekistonga chorlab qolaman!”, – deydi Odilbek Isoqov.

Ma’lumot uchun, Odilbek Isoqov 1981-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1998—2000-yillarda Jahon Iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tahsil olgan.

Buyuk Britaniyadagi Manchester Metropolitan universitetining Biznes iqtisodiyoti bo‘yicha bakalavri (BA in Business Economics), Stratklayd universitetining Moliya bo‘yicha magistr (MSc in Finance) darajalariga hamda malakali moliyaviy tahlilchi (CFA — Chartered Finance Analyst) kvalifikatsiyasiga ega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2018, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 78) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют