» » Qashqadaryoda jiyaniga qo‘llangan qamoqqa olish chorasini o‘zgartirish uchun 2 mln so‘m berishga uringan shaxs ushlandi

Qashqadaryoda jiyaniga qo‘llangan qamoqqa olish chorasini o‘zgartirish uchun 2 mln so‘m berishga uringan shaxs ushlandi


Joriy yil 16-sentabr kuni Chiroqchi tumani IIB xodimi rahbariyatga murojaat qiliyu, unga pora taklif qilinayotganini bildirdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 15-sentabr kuni Jizzax viloyati, Zarbdor tumanida yashovchi N.T. va Jizzax shahrida yashovchi Yu.K.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha o‘zini N.T.ning tog‘asi deb tanishtirgan fuqaro K.B. xodimning oldiga keladi. Ularga nisbatan qo‘llanilgan qamoqqa olish tarzidagi chorani boshqa ehtiyot chorasiga o‘zgartirish hamda jinoyat ishini ularning foydasiga ijobiy hal qilib berishni so‘raydi va evaziga pora taklif qiladi.

Ushbu bildirgi yuzasidan shu kuni viloyat IIB va prokuratura xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida K.B. xodimga xizmat xonasida 2 million so‘mni pora sifatida berayotganida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2018, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют