» » Toshkentda O‘zbekiston—Germaniya hamkorlik masalalari muhokama qilinadi

Toshkentda O‘zbekiston—Germaniya hamkorlik masalalari muhokama qilinadi


19-sentabr Toshkent shahrida “O‘zbekiston—Germaniya: xavfsizlik sohasi va Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha hamkorlik” mavzusida anjuman o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti va Germaniyaning Fridrix Ebert nomidagi siyosiy jamg‘armasi tomonidan tashkil etilayotgan bo‘lib, uning kun tartibidan o‘zbek—nemis aloqalari, tomonlarning xavfsizlik sohasi va Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanishni ta’minlashda dolzarb bo‘lgan masalalarni yechishdagi ko‘p qirrali hamkorligi muhokamasi o‘rin olgan.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, vazirliklar, idoralar, xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi diplomatik korpus vakillari, mintaqaviy xavfsizlik bo‘yicha ekspertlar ishtirok etishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2018, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют