» » Haqiqiy iPhone’ni qalbakisidan qanday ajratish mumkin?

Haqiqiy iPhone’ni qalbakisidan qanday ajratish mumkin?


iPhone smartfonining talabgirligi ko‘plab qalbaki qurilmalar yasalishiga ham sababchi bo‘lmoqda. Ammo maqolamiz bilan tanishsangiz, asl iPhone’ni qalbakisidan qanday ajratishni bilib olasiz.

Haqiqiy iPhone qutisi yelimli bo‘yoq bilan bo‘yalgan, qirralari to‘g‘ri va bosib solingan logotipli bo‘ladi. Pastki qismida albatta model, seriya raqami, IMEI va xotira hajmi ko‘rsatilgan yorliq bo‘ladi.

Har bir iPhone’ga quvvatlovchi kabel, naushnik, USB-adapter, shuningdek, hujjatlar, yorliqlar va sim-karta lotkasini chiqarib olish uchun skrepka solingan konvert ilova qilinadi. Bularning barchasi mukammal tartibda joylashtirilgan bo‘lishi kerak.

Smartfonning o‘zi sifatli buyum taassurotini uyg‘otishi kerak: vaznini his qilasiz, metall qo‘lga yoqimli tarzda sovuq bo‘lib tegadi. Zamonaviy iPhone’larning barchasi alyuminiydan yasaladi, qalbakilarida esa korpus har qanday materialdan, hatto, bo‘yalgan plastikdan ham tayyorlangan bo‘lishi mumkin.

Asl iPhone’da detallar bir-biriga zich qilib to‘g‘rilangan va minimal tirqishlarga ega. Tugmalar va shovqinsiz rejimni o‘chirib-yoquvchi detal bosilganida aniq chiqillashi va ularda oraliq joylar bo‘lmasligi kerak. Smartfonning orqa korpusida albatta IMEI bo‘ladi, u qutidagi va sim-karta lotkasidagi raqamlar bilan mos tushishi kerak.

Yaqqol qalbaki mahsulotni haqiqiy iPhone’da bo‘lmagan detallar fosh qilib qo‘yadi. Bunday belgilarga quyidagilar kiradi:

Ammo, qalbaki smartfon sifatli bo‘lgani tufayli, tashqi jihatdan haqiqiysidan ajratadigan belgilarga ega bo‘lmasa ham, uni yoqib ko‘rgach, barcha shubhalaringizga javob olishingiz mumkin.

Buni tekshirish uchun tizim sozlamalaridan seriya raqamini toping (“Asosiy” bo‘limidagi “Bu qurilma haqida” bandi) hamda u sim-karta lotkasi va qutidagi raqam bilan bir xil ekanligiga ishonch hosil qiling, shundan keyin esa uni rasmiy sahifadagi tekshiruv formasiga kiriting (https://checkcoverage.apple.com/). Agar iPhone haqiqiy bo‘lsa, sayt model haqidagi ma’lumotlar, kafolat qoldig‘i va boshqa axborotni chiqarib beradi. Aks holda, “Afsuski, ushbu seriyali raqam noto‘g‘ri” qabilidagi xabar ko‘rinadi.

Manba: “Lifehacker.ru”

Опубликовано: admin (22-02-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют