» » Jizzax viloyatida xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida 169,7 milliard so‘mlik kamchilik aniqlandi

Jizzax viloyatida xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida 169,7 milliard so‘mlik kamchilik aniqlandi


Jizzax viloyati davlat soliq organlari tomonidan 2018-yil 1-sentabrga qadar o‘tkazilgan kameral nazorat tadbirlari natijasida 29 ming 961 holatda xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida jami 169,7 milliard so‘mlik kamchiliklar aniqlandi, deb yozadi O‘zA.

Kameral nazorat natijasida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha soliq to‘lovchi subyektlarga soliq va majburiy to‘lovlar qo‘shimcha hisoblanishi ko‘rsatilgan talabnomalar berildi.

Baxmal tumani davlat soliq inspeksiyasi tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida kameral nazoratdan o‘tkazilgan 80 korxonadan 75 tasida muayyan kamchilik aniqlandi. Kamchilik aniqlangan korxonalarga nisbatan qo‘shimcha hisoblangan soliq va majburiy to‘lovlar summasi 2 milliard 390 million 800 ming so‘mni tashkil qildi.

Qo‘shimcha hisoblangan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarning 1 milliard 844 million so‘mi tuman xalq ta’limi bo‘limi hisobchilari tomonidan ishchi-xizmatchilarning ish haqidan hisoblanadigan daromad solig‘i hisobotlarini taqdim etishda yo‘l qo‘ygan xatoliklari oqibatida kelib chiqqani ma’lum bo‘ldi. Ushbu muassasaga to‘lanmagan soliqning qolgan qismini to‘lash yuzasidan talabnoma berilib, boshqa xatoga yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantirildi.

“Yilning o‘tgan davrida o‘tkazilgan kameral nazoratlar natijasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan 18 ming 165 holat yuzasidan 126,3 milliard so‘mlik qayta hisob-kitoblar taqdim etildi”, — deydi viloyat davlat soliq boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi boshlig‘i H.Fozilov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2018, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют