» » O‘zbekistonlik qizlar jamoasi Google mutaxassislari bilan uchrashdi

O‘zbekistonlik qizlar jamoasi Google mutaxassislari bilan uchrashdi


AQShning Kaliforniya shtatida o‘tkazilgan Technovation Challenge xalqaro tanlovi finalida dunyoning eng yaxshi 12 jamoasi orasida o‘zbekistonlik yosh qizlar ham ilk bor o‘z loyihalari bilan ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA xabar beradi.

2010-yildan buyon dunyoning 80 mamlakatida o‘tkazib kelinayotgan ushbu texnologik ishlanmalar tanlovida qizlar jamoasi tuzilib, dolzarb masalani aniqlash, uni hal etish imkonini beruvchi ilova ishlab chiqishi va loyihaning moliyaviy jihatdan amalga oshirilishi uchun zarur kompaniyaga asos solish kerak bo‘ladi. Mazkur tanlovda ishtirok etgan qizlarda tanqidiy fikrlash, tadbirkorlik va dasturlash, jamoaviy ishlash hamda auditoriya bilan muloqot qilish ko‘nikmalari rivojlanadi.

Tanlov finalida mashhur olim, dasturchilar va soha ishbilarmonlaridan iborat hakamlar yuzlab loyihalarni ko‘rib chiqdi. Unda O‘zbekistonning Generation Z jamoasi qizlari oilada gender tengligi, uy yumushlarini o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida teng taqsimlashga mo‘ljallangan Elist loyihasi taqdimotini namoyish etdi.

— Musobaqa finalida qatnashish uchun juda ko‘p tayyorlandik, – deydi tanlov ishtirokchisi, Generation Z jamoasi a’zosi Muslima Ahrorova. — Loyihamiz barchaning e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Muhimi, bilimimizni oshirib, ko‘plab do‘stlar orttirdik. Tanlov doirasida turli joylarga sayohat qildik. Jumladan, Google kompaniyasi mutaxassislari bilan uchrashuv bizda katta taassurot qoldirdi.

Yakunda Sevinch Sharifjonova, Muslima Ahrorova, Tamila Sagindikova va Farangiz Muratovalarning taqdimot ishlari hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi. Ular tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2018, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют