» » Xatirchida qimorbozlardan ashyoviy dalil sifatida 3,2 mln so‘m olindi

Xatirchida qimorbozlardan ashyoviy dalil sifatida 3,2 mln so‘m olindi


Xatirchi tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan “Zarafshon” MFY hududida o‘z uyida qimorxona faoliyatini yo‘lga qo‘ygan fuqaroning qilmishlari fosh etildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Mahallada istiqomat qiluvchi S.R. o‘z uyida pul tikib karta o‘ynashni tashkil etgan va qimorbozlar uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib bergan. Tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu xonadonda uy egasi bilan birga yana olti kishi qimor o‘yini ustida qo‘lga olindi.

Tadbir davomida qimorbozlardan 3 million 230 ming so‘m pul xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida olindi. Huquqbuzarga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2018, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют