» » YChL. “Liverpul” dramatik bahsning so‘nggi daqiqasida gol urib, PSJni mag‘lub etdi va boshqa natijalar (video)

YChL. “Liverpul” dramatik bahsning so‘nggi daqiqasida gol urib, PSJni mag‘lub etdi va boshqa natijalar (video)


18-sentabr sanasida Yevropa Chempionlar Ligasining 2018/19-yilgi mavsumiga start berildi.

Jumladan, “A” guruhi vakillari — “Monako” hamda “Atletiko Madrid” jamoalari o‘rtasidagi birinchi to‘qnashuvda Diyego Simeone shogirdlari 1:2 hisobida g‘alaba qozondi. Mazkur guruhning ikkinchi bellashuvida Dortmundning “Borussiya”si Belgiyada “Bryugge” mehmoni bo‘lib, 85-daqiqada Kristian Pulishich tomonidan urilgan gol evaziga uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

“C” guruhidan o‘rin olgan “Liverpul” va PSJ jamoalari 1-tur doirasida “Enfild” stadionida bir-biriga ro‘baro keldi. Unda Yurgen Klopp shogirdlari 3:2 hisobidagi g‘alabani tantan qildi. “Liverpul”ga g‘alaba keltirgan golga o‘yinning 90-daqiqasida Roberto Firmino mualliflik qildi. U zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan edi. Guruhning ikkinchi uchrashuvida “Napoli” safarda “Srvena Zvezda” klubi bilan durang qayd etdi.

“D” guruhida esa “Shalke-04” jamoasi “Portu” bilan 1:1 hisobidagi durangga rozi bo‘ldi. Mazkur guruhning ikkinchi bellashuvida “Galatasaroy” Moskvaning “Lokomotiv” jamoasini o‘z uyida qabul qilib, 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va guruh peshqadamligini o‘z qo‘liga oldi.

Yevropa Chempionlar Ligasi

1-tur bellashuvlari

18-sentabr, seshanba

“B” guruhi

Gollar: 1:0 – 31 Messi, 2:0 – 74 Dembele, 3:0 – 77 Messi, 4:0 – 87 Messi.

Gollar: 0:1 – 53 Eriksen, 1:1 – 85 Ikardi, 2:1 – 90 Vesino.

“A” guruhi

Gollar: 1:0 – 18 Gransir, 1:1 – 31 Diyego Kosta, 1:2 – 45 Ximenes.

Gol: 0:1 – 85 Pulishich.

“C” guruhi

Gollar: 1:0 – 30 Starrij, 2:0 – 36, penalti Milner, 2:1 – 40 Menye, 2:2 –83 Mbappe, 3:2 – 90 Firmino.

“D” guruhi

Gollar: 1:0 – 64 Embolo, 1:1 – 75, penalti Otavio.

Gollar: 1:0 – 9 Rodrigesh, 2:0 – 67 Derdiyok, 3:0 – 90, penalti Inan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2018, 02:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют