» » Islandiya prezidenti ananasli pitssaga qarshi chiqdi. Uning reytingi xavf ostida

Islandiya prezidenti ananasli pitssaga qarshi chiqdi. Uning reytingi xavf ostida


Islandiya prezidenti Gvyudni Youxannesson pitssaga ananas qo‘shilishiga qarshi chiqdi, deb yozadi Meduza.

Ustiga-ustak, Islandiya yetakchisi so‘zlariga ko‘ra, agar unda shunday vakolat bo‘lganida, u ananasli pitssa pishirishni butunlay taqiqlab qo‘ygan bo‘lardi. Bunday fikrni prezident maktab o‘quvchilari bilan uchrashuvda bayon qildi, ulardan biri Youxannessonning Gavayi pitssasiga munosabati bilan qiziqqan edi.

Shundan so‘ng Islandiya matbuoti prezidentning ananasga bo‘lgan nafratli qarashi uning reytingiga qanday ta’sir o‘tkazishi haqidagi savolni ko‘tardi. Ayni paytda uning faoliyatidan islandiyaliklarning 97 foizi mamnun.

Islandiya parlamenti deputati Smari Makkarti o‘z mamlakati prezidentining fikriga qo‘shilishini aytdi. “Pitssaga ananas qo‘shish — bema’nilik”, — dedi u. Ammo Islandiya haqidagi eski inglizcha jurnallardan birida ananas mamlakatda pitssa uchun eng ommabop topping ekanligi aytiladi.

Nashr ta’kidlashicha, internetda pitssaga ananas qo‘shish borasida ko‘p yillardan buyon bahslar olib boriladi.

Опубликовано: admin (22-02-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют