» » Geri Burjua: Scorpion filmiga ajoyib musiqa yozilgan

Geri Burjua: Scorpion filmiga ajoyib musiqa yozilgan


Amerikalik mashhur ovoz rejissyori Geri Burjua Muxlisa Azizovaning Scorpion filmini ovozlashtirish ishlarida ishtirok etdi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

Hozirda Rossiyaning Dolby Atmos ovoz yozish studiyasida faoliyat olib borayotgan Geri “Bornning ustunligi”, “Ilk qasoskor”, “Charli farishtalari”, “Fantastik to‘rtlik” kabi yuzlab filmlarni ovozlashtirgan.

– Meni o‘zbekistonlik yosh rejissyor Muxlisa Azizova hamda prodyuser Oybek Abdushukurov suratga olgan Scorpion filmiga taklif etishdi. Bu sarguzasht jangari film bo‘lib, Ivan Buryayev unga ajoyib musiqa yozgan. Rossiyalik ovoz rejissyorlari – Aleksey Sinitsin va Dmitriy Klimanov meni ham ushbu loyihaga taklif etishganda, rozi bo‘ldim. Scorpion loyihasida men dialoglar va musiqaga javob beraman. Dmitriy Kliminov va Aleksey Sinitsin esa ovoz effektlari hosil qilish va shovqinlarga mas’ul, – dedi Geri Burjua “Mosfilm” kinostudiyasi uyushtirgan eksklyuziv suhbatda.

Ma’lumot uchun, Scorpion filmi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan suratga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2018, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют