» » “Daryo” surishtiruvi: Farg‘onada bemorlarga insulin berilmoqda – o‘z vaqtida va bepul

“Daryo” surishtiruvi: Farg‘onada bemorlarga insulin berilmoqda – o‘z vaqtida va bepul


“Daryo” tahririyatiga Farg‘ona viloyatining Rishton tumanidan murojaat kelib tushdi.

Unda shunday deyiladi:

“Assalomu alaykum, “Daryo”!

Men sizlarga Rishton tumanidan yozyapman. Rishton tumanida qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar tang ahvolda qolmoqda. Qariyb 5–7 kundan buyon insulin dori vositasi berilmayapti. Bu dori vositasi qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarga davlat hisobidan berilar edi. Eng yomoni, bu dori dorixonalarda ham juda kamyob. Puli bor bemorlar-ku ilojini qilishyapti. Eng ko‘p jabr chekayotganlar ehtiyojmandlar. Ahvollari og‘irlashyapti. Shu masalani o‘rganib chiqinglar.”

Aslida, shikoyat yo‘llagan fuqaroning ism-familiyasi ko‘rsatilmagan anonim murojaatga e’tibor qaratmasak ham bo‘lardi. Biroq, murojaatda ko‘tarilgan muammo o‘ta muhim masala – aholi salomatligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgani uchun “Daryo” muxbiri Rishton tumaniga borib, vaziyatni o‘rgandi.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida 22 165 nafar qandli diabet kasalligi bilan og‘rigan bemorlar bor. Viloyat endokrinologiya dispanseri nazorati ostida 7 417 nafar bemorga davlat hisobidan insulin dori vositasi beriladi. Umumiy hisobda bir yillik ehtiyoj uchun 118 672 flakon, bir oylik ehtiyoj uchun 9 889 flakon dori vositasi talab etiladi.

Shuningdek, viloyat bo‘yicha 328 nafar fuqaroda qandsiz diabet kasalligi aniqlangan. Ular uchun yiliga 8 112 flakon insulin zarur bo‘ladi.

Rishton tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi mudiri Yusufxo‘ja Kenjayevning ta’kidlashicha, avgust oyining ikkinchi yarmida insulin dori vositasining taqchilligi kuzatilgan. Biroq bemorlarga mazkur dori muntazam berib borilgan.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Umarovning 2018-yil 8-avgustdagi ko‘rsatma xatida insulin va desmopressin dori vositalari zaxirasi tugab borayotgani qayd etilgan. Bemorlar orasida norozilik keltirib chiqarmaslik uchun shahar va tumanlar tibbiyot muassasalariga mazkur dori vositalarini davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portali – xarid.uz. orqali zudlik bilan olish yuzasidan ko‘rsatma berilgan. Shu orqali Rishton tumani markaziy poliklinikasi ro‘yxatida turuvchi 1 200 nafardan ortiq diabet kasalligi bilan xastalangan bemorlarni insulin bilan ta’minlashda uzilishga yo‘l qo‘yilmagan.

Biz poliklinika mudiri bilan uchrashgan vaqtda ham tumanning Chek Nasriddin qishlog‘ida yashovchi K.Rahmonova, Pandigon qishlog‘ida yashovchi Sh.Karimov, Rishton shahrida yashovchi K.Siddiqova va boshqa bemorlarga insulin dori vositasi berilayotganiga guvoh bo‘ldik.

– 27 yil Rishton tumani hududida joylashgan viloyat qishloq xo‘jalik boshqarmasiga qarashli sanatoriyda hamshira bo‘lib ishladim. Hozirda diabet kasalligi bilan ro‘yxatda turaman. Insulinni davlat hisobidan bepul berishadi. Har doim o‘z vaqtida olaman. Bizga o‘xshagan bemorlarning salomatligi haqida qayg‘uradigan shifokorlardan minnatdorman, – deydi Yangiyo‘l qishlog‘ida yashovchi Nasiba Qayumova.

“Daryo” internet-nashriga anonim bo‘lsa-da, shikoyat yo‘llagan fuqaroning murojaati tasdig‘ini topmadi. Nafaqat Rishtonda, balki Farg‘ona viloyatining barcha shahar va tumanlarida bemorlarga insulin berilmoqda. Eng muhimi, o‘z vaqtida va davlat hisobidan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2018, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют