» » OAV: Oksford ilk xorijiy filialini Parijda ochadi

OAV: Oksford ilk xorijiy filialini Parijda ochadi


Oksford universiteti o‘zining 700 yillik an’anasini buzib, Brexit’ga javob tariqasida ilk xorijiy filialini Parijda ochadi. Bu haqda The Telegraph axborotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, fransiyalik mansabdor shaxslar o‘tgan hafta Oksford universiteti xodimlari bilan uchrashib, bir necha takliflarni ilgari surgan. Ular mazkur takliflar keyinchalik Parijdagi filial asosida Yevropa ittifoqi moliyalashtirilishiga kafolat bo‘lishiga umid qilmoqda.

Buyuk Britaniya universiteti vakillariga o‘quv muassasasining Fransiyadagi filialiga yuridik maqom berilib, Yevropa ittifoqi tomonidan moliyalashtirilishi taklif qilindi.

Agar Oksford mahalliy universitetlar bilan shartnoma imzolasa, filial binosini qurish ishlari 2018-yilda boshlanadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-02-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 50) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют