» » Sirdaryo yo‘llaridagi onlayn fotoradarlar 45 kunda 17,5 mingta qoidabuzarlikni aniqladi

Sirdaryo yo‘llaridagi onlayn fotoradarlar 45 kunda 17,5 mingta qoidabuzarlikni aniqladi


2018-yil 4-avgust kunidan shu kunga qadar Sirdaryo viloyati yo‘llariga o‘rnatilgan onlayn tartibda ishlovchi fotoradarlarda jami 17 571 ta qoidabuzarlik holati aniqlangan. Bu haqda viloyat IIB “Daryo”ga ma’lum qildi.

Sirdaryo viloyati hududida yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqishiga asosiy omil bo‘layotgan tezlikni oshirish holatlarini aniqlash samaradorligini ya’nada oshirish maqsadida, Sirdaryo tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi M-34 avtomobil yo‘lining 91-kilometr masofasiga hamda Oqoltin tumani hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 3-kilometr masofasiga o‘rnatilgan onlayn tartibida ishlovchi fotoradarlarda 2018-yil 4-avgust kunidan shu kunga qadar jami 17 571 ta qoidabuzarlik holati aniqlangan bo‘lib, umumiy hisobda qoidabuzar haydovchilarga nisbatan 6 104 411 900 so‘m jarima solingan.

Sirdaryo viloyati IIB YHXB tomonidan olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida tahlillarga ko‘ra, viloyat hududida joriy 2018 yilning avgust oyi yakuniga ko‘ra sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari o‘tgan 2017-yilga nisbatan 35 taga kamaygan bo‘lsa, sodir etilgan ushbu hodisalar oqibatida og‘ir tan jarohati olgan fuqarolar 25 taga,  halok bo‘lganlar 10 taga kamayishiga erishildi.

Jami 131 ta (2017-yilda 166 ta) yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Sodir etilgan ushbu hodisalar oqibatida 98 nafar (2017-yilda 123 nafar) fuqarolar og‘ir tan jarohati olgan bo‘lsa, 33 nafari (2017-yilda 43 nafari) halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Sirdaryo viloyatidagi yo‘l-transport hodisalari eng ko‘p sodir bo‘ladigan ikki hududga onlayn rejimda ishlaydigan ikkita fotoradar kompleksi o‘rnatilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2018, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют