» » Internetda Samsung Galaxy S8’ning “jonli” suratlari paydo bo‘ldi (foto)

Internetda Samsung Galaxy S8’ning “jonli” suratlari paydo bo‘ldi (foto)


Ice Universe insayderi Twitter’da hali taqdim etilmagan Samsung flagmani suratlarini e’lon qildi. Tasvirlarda Samsung Galaxy S8 smartfonini har tomondan tomosha qilish mumkin, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.

Dastlab Samsung Galaxy S8 MWC 2017 konferensiyasida taqdim etilishi kutilgan edi, ammo Galaxy Note 7 smartfonlari qaytarib olinishi tufayli, kompaniya o‘z rejalarini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldi. Endi flagman smartfon martda taqdim etilishi taxmin qilinmoqda.

Yangi suratlar Samsung Galaxy S8 “Uyga” tugmasidan xoli bo‘lishini tasdiqladi. Qariyb butun old panelni ekran egallaydi. 3,5 millimetrlik tirqishni konstruksiyadan olib tashlashmadi.

Ekran tepasida nafaqat old kamera va dinamik, balki ko‘z rangdor pardasi skaneri ham joylashishi taxmin etilmoqda. Yana bir elementning esa funksiyasi noaniq bo‘lib turibdi.

Опубликовано: admin (22-02-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют