» » Andijonda “Paxta” maydonini payhon qilgan hayvon egalari javobgarlikka tortildi

Andijonda “Paxta” maydonini payhon qilgan hayvon egalari javobgarlikka tortildi


Joriy yilning 12-sentabr kuni Baliqchi tuman IIB tomonidan fuqaro Yu.Sh 4 bosh qoramoli, 11 bosh qo‘ylari, yana bir fuqaro S.N esa 7 bosh qoramoli, 11 bosh qo‘ylarini nazoratsiz qoldirishlari oqibatida “Orzuxon yerlari” fermer xo‘jaligining 40 sotix maydoniga zarar yetkazilganligi aniqlandi, deb xabar beradi Andijon viloyati IIB matbuot xizmati.

Keltirilgan zarar hisoblab chiqilganida jami 3 460 000 so‘m miqdorida ekanligi ma’lum bo‘ldi, deyiladi xabarda.

S.N va Yu.Sh.larga nisbatan shu kinning o‘zida mahalla fuqarolari ishtirokida “Sayyor sud” majlisi o‘tkazilib, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan javobgarlik belgilandi.

Yana bir shunga o‘xshash xolat Izboskan tumanida yashovchi fuqarolar Yu.S, M.M, T.Sh. lar tomonidan amalga oshirilgan. Ularning 2 boshdan jami 6 bosh qoramollari nazoratsiz qoldirilishi oqibatida “Mirzaqambarov Abduvoxid” fermer xo‘jaligining 3 sotix maydoniga zarar yetkazilgan. Keltirilgan zarar xisoblab ko‘rilganida jami 1 200 000 so‘m miqdorida bo‘lib chiqdi.

Hozirda ushbu fuqarolarga nisbatan ham O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalari bilan javobgarlik qo‘llanilib, keltirilgan zarar fuqarolar tomonidan to‘liq qoplandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2018, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют