» » Daniel Rozenblum AQShning O‘zbekistondagi elchisi sifatida tasdiqlandi

Daniel Rozenblum AQShning O‘zbekistondagi elchisi sifatida tasdiqlandi


Daniel Rozenblum 18-sentabr kuni AQSh senati tomonidan Amerikaning O‘zbekistondagi elchisi sifatida tasdiqlandi. Bu haqda senat rasmiy saytida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.

Senat tomonidan e’lon qilingan bayonotda Daniel Rozenblum faoliyati davomida amalga oshiradigan ishlar ko‘rsatib o‘tilgan. Ularning eng asosiylari sifatida Afg‘onistonda tinchlikni ta’minlash, mintaqa xavfsizligini himoya qilish, xalqaro muammolarga qarshi kurashda faollik ko‘rsatish, O‘zbekistonda islohotlar jadallashishi yo‘lida harakat qilish, barcha jabhalarda hozirgiga nisbatan ko‘proq madad ko‘rsatish, AQSh xususiy sektorini jalb etib, investitsiya qilish uchun zarur sharoit yaratilishida ko‘maklashish kabi vazifalar ko‘rsatib o‘tilgan.

Bundan tashqari inson huquqlari va erkinlikni targ‘ib qilish; ijobiy o‘zgarishlarni olqishlab, kamchilik va muammolarni konstruktiv tarzda tanqid qilib, tizim yaxshilanishiga hissa qo‘shish; ikki xalqni yaqinlashtirish—turli almashinuv dasturlari, madaniy va ilmiy programmalar orqali yoshlarga imkoniyatlar yaratish, hamjihatlik va o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash ham uning asosiy vazifalaridan sanaladi.

Ma’lumot uchun, Daniel Rozenblum 2014-yildan beri AQSh Davlat departamentida Janubiy va Markaziy Osiyo diplomatiyasi bo‘yicha mas’ul shaxs sifatida ish olib borgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2018, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют