» » Toshkentdagi Muqimiy va Bunyodkor ko‘chalari kesishmasi 1-martgacha yopiq bo‘ladi

Toshkentdagi Muqimiy va Bunyodkor ko‘chalari kesishmasi 1-martgacha yopiq bo‘ladi


Muqimiy va Bunyodkor ko‘chalari kesishmasida yo‘l o‘tkazgich qurilishi munosabati bilan yopilgan chorrahaning transport harakati uchun ochilishi 2017-yil 1-martga ko‘chirildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi xabar berdi.

Kompaniya tirbandlikni keltirib chiqarmaslik maqsadida, haydovchilar va yo‘lovchilardan qurilish vaqtida boshqa ko‘chalardan foydalanishni so‘radi.

Avvalroq ushbu yo‘l o‘tkazgich qurilishi munosabati bilan 11-fevraldan 23-fevralgacha chorraha transport harakati uchun vaqtinchalik yopilgani xabar berilgan edi.

Bunyodkor va Muqimiy ko‘chalari kesishuvida uzunligi 600 metrga teng bo‘lgan, olti qator yo‘l tushadigan yangi ko‘prik qurilishi 2016-yilning 16-sentabridan boshlangan edi.

Опубликовано: admin (22-02-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют