» » O‘zbekistonda OAVda bolalar huquqlarining buzilishidan himoya qiluvchi komissiya tuziladi

O‘zbekistonda OAVda bolalar huquqlarining buzilishidan himoya qiluvchi komissiya tuziladi


Xalq ta’limivazirligi qoshidagi ekspert-tahliliy kengashi OAVda e’lon qilingan bola huquqlarini buzuvchi materiallarni aniqlash maqsadida jamoatchilik komissiyasi tuziladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Nuz.uz”.

Komissiya bolalar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish muammolarini o‘rganadi, OAVda bolalarga taalluqli masalalarning to‘g‘ri yoritilishiga oid tavsiya va takliflar ishlab chiqadi. Uning tarkibiga ruhshunoslar, huquqshunoslar, inson huquqlari bo‘yicha mutaxassislar, jurnalistlar va ota-onalar vakillari kirishi ko‘zda tutilgan.

Vazirlik qoshidagi kengash raisi Hilola Sulaymonovaga ko‘ra, “O‘zbekiston 24” telekanalidagi shov-shuvli reportaj mazkur komissiya tuzilishiga turtki bo‘lmagan. Bunday kuzatuv organini shakllantirish zarurati allaqachon pishib yetilgan bo‘lib, ma’lum vaqt mobaynida uning konsepsiyasi, tarkibi, maqsad va vazifalari muhokama qilingan. Bugungi kunga kelib komissiya to‘liq shakllangan va yaqin orada o‘z ishini boshlaydi. Komissiya rejalarida OAVda bolalar mavzusini yoritish bo‘yicha qoidalar to‘plamini ishlab chiqish, shuningdek, jurnalistlar bilan maxsus treninglar o‘tkazish o‘rin olgani bildirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2018, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют