» » Farg‘ona viloyatida ajrashish arafasidagi 1826 oila yarashtirildi

Farg‘ona viloyatida ajrashish arafasidagi 1826 oila yarashtirildi


“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida ajrashish arafasidagi 1826 oila yarashtirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

“Oila” markazining Farg‘ona viloyat boshqarmasi va hududiy bo‘linmalari tomonidan yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o‘rgatish, ajrimlarning oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Sog‘lom oila qurish, sog‘lom farzandni dunyoga keltirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida tushuntirish ishlari, ochiq muloqot, sayyor qabul va davra suhbatlari o‘tkazildi.

Markazning shahar va tuman bo‘limlarida malakali, katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan 37 nafar oliy ma’lumotli xodim ish olib bormoqda. Yaqinda shahar va tuman bo‘limlariga Spark avtomashinalari topshirildi.

Viloyatda og‘ir turmush sharoitida yashayotgan 5 mingdan ziyod xotin-qiz ro‘yxatga olingan. “Oila” markazining hududiy bo‘limlari tomonidan ularga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatilmoqda. Shu kunga qadar 1 ming 788 nafar ana shunday xotin-qizga tibbiy yordam ko‘rsatildi, 904 nafarining bandligi ta’minlandi, 154 nafariga uy-joy berildi. 473 nafari uy-joy olish uchun tavsiya etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2018, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют