» » Toshkentda Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va AMG o‘rtasida memorandum, shartnomalar imzolandi

Toshkentda Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va AMG o‘rtasida memorandum, shartnomalar imzolandi


19-sentabr kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida Arab muvofiqlashtirish guruhi (AMG) ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Investitsiyalar Davlat qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda Respublika vazirliklari, idoralari va tijorat banklari vakillari ishtirok etdi, deb “Daryo”ga xabar berdi qo‘mita axborot xizmati.

Tadbir arafasida “ITB guruhi, kuni” anjumanii bo‘lib o‘tdi. Bunda 2018-2021-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi bilan ITB (Islom taraqqiyot banki) hamkorlik strategiyasi taqdim etildi.

Arab muvofiqlashtirish guruhi besh moliya institutlaridan iborat. Bular: Islom taraqqiyot banki, Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi, Arab iqtisodiy taraqqiyot Quvayt jamg‘armasi, OPEK’ning Xalqaro rivojlanish jamg‘armasi va Abu-Dabi taraqqiyot fondidir.

Bosh vazirning o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Investitsiya qo‘mitasi raisi Suhrob Rustamovich Xolmurodov so‘zga chiqib, AMG davra suhbati ishtirokchilarini qutladi. So‘ngra qutlov nutqi bilan Islom taraqqiyot banki guruhi prezidenti Bandar Hadjar ishtirok etdi.

O‘zbekiston bilan ITB (Islom taraqqiyot banki) o‘rtasidagi hamkorlik yillari davomida, $ 926 mln. qiymatdagi 17 ta loyiha, bundan 665 mln. AQSh dollari miqdoridagi ITB kreditlari hisobidan. Bularning asosiy yo‘nalishi: yo‘l infratuzilmasini, kommunal xizmatlarni, irrigatsiya, qishloq infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha loyihalarni, sog‘liqni saqlash va ta’limni rivojlantirishga qaratilgan. Bugungi kunda amalga oshirish bosqichida umumiy qiymati 1 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 9 loyiha mavjud bo‘lib, ulardan 840 millioni ITB tarafidan qoplanadi.

Hozirgi vaqtda QAIRJ bilan 4 loyiha amalga oshirilmoqda, ulardan ikkitasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Loyihalar, jumladan, tibbiy asbob-uskunalar bilan klinikalar va maxsus ta’lim muassasalarini jihozlash va o‘z vaqtida gemodializ xamda nevrologik g‘amxo‘rlik uchun qaratilgan. Qishloq joylardagi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va yo‘llarni rekonstruksiya qilish bo‘yicha yana ikkita loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihalarga kiritilgan investitsiya miqdori 100 million dollarni tashkil etadi.

Arab muvofiqlashtirish guruhi ishtirokida memorandum va investitsiyaviy shartnomalar imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, Arab muvofiqlashtirish qo‘mita guruhi a’zolari bilan so‘nggi uchrashuv 2014-yil oktabr oyida Toshkentda davra suhbatida bo‘lib o‘tgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2018, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют