» » Oqqondan aziyat chekayotgan 8 yoshli Abubakrdan yordamingizni ayamang!

Oqqondan aziyat chekayotgan 8 yoshli Abubakrdan yordamingizni ayamang!


8 yoshli Abubakr 2018-yilning 2-aprelidan buyon og‘ir dard — leykoz bilan olishmoqda. O‘sha kuni u Toshkent shahridagi gematologiya va qon quyish shifoxonasiga joylashtirilgan.

“Shu paytgacha qarindoshlarim akalarim qo‘llaridan kelganicha yordam berishdi. Kimyoterapiya ukollari qimmatligi tufayli bor budimizni sotib ham bo‘ldik.

Mening uch farzandim bor, bitta o‘g‘lim, ikkita turmushga beradigan qizim. Ikki qizimdan oldingi qizim vafot etgan. Turmush o‘rtog‘im ishlaydi, topgani ro‘zg‘ordan ortmaydi. O‘zimning ham sog‘lig‘im yaxshi emas.

Bitta qizimni kontraktda o‘qitaman, bittasi kollejda. Hozir uning to‘lovlarini ham to‘lay olmay qoldik.

O‘g‘lim Abubakr yana 4 ta asparginaza, 60 ta metotreksat, 22 ta vinkristin, 5 ta setozar, 5 ta kimyoviy  ukollarini olishi kerak ekan. Bu dorilarni juda qimmatligi sabab olishga imkoniyatim bo‘lmayapti”, — deydi bolaning onasi Nafisa opa.

Abubakrning davolanishi uchun katta mablag‘ talab etiladi. Hozirda uning oilasi moddiy va ma’naviy ko‘makka muhtoj.

“Kim yordam bersa, Alloh ajrini bersin. Yaratgandan so‘rab qolaman”, — deydi mushtipar ona.

Barcha saxovatpesha insonlardan Abubakrga imkon qadar yordam berishlarini so‘raymiz!

Abubakrning onasi Tojiboyeva Nafisaxonning nomiga ochilgan plastik kartochka raqami: 8600 0609 7458 1952 

Telefon raqami: 94 309 97 10



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2018, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют