» » O‘zbekiston Prezidenti AQSh delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti AQSh delegatsiyasini qabul qildi


Bugun, 19-sentabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda ishchi tashrif bilan bo‘lib turgan AQSh Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general Jenson Boylz va AQSh Kongressi Vakillar palatasining Missisipi shtatidan a’zosi, shtat Milliy gvardiyasi generali Trent Kellini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston Milliy gvardiyasi va tegishli idoralarining Missisipi shtati Milliy gvardiyasi bilan amaliy hamkorligini kuchaytirish, shu jumladan, favqulodda vaziyatlarda tezkor javob ko‘rsatish va jamoatchilik tartibini ta’minlash sohasida tajriba almashish, trening va tadbirlar o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

Alohida e’tibor parlamentlararo aloqalarni kengaytirish, shuningdek, Missisipi shtatining savdo va innovatsiyalar, qishloq xo‘jaligi, ta’lim sohasidagi yetakchi korxona va kompaniyalari bilan sheriklik aloqalarini o‘rnatishga qaratildi.

Mehmonlar O‘zbekistonda sifatli yangi bosqichda amalga oshirilib, barcha soha va yo‘nalishlarni qamrab olayotgan islohotlar va o‘zgarishlarni yuqori baholadi.

Amerika delegatsiyasi a’zolari to‘liq ko‘lamli O‘zbekiston-Amerika amaliy sherikligini yanada rivojlantirishga harakat qilish niyatini tasdiqladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2018, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 95) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют