» » Xalq talimi vaziri maktab direktorlariga korrupsiyani yoq qilishni topshirdi

Xalq talimi vaziri maktab direktorlariga korrupsiyani yoq qilishni topshirdi


Umumtalim maktablarining direktorlari talim dargohida korrupsiya illatlarini yoq qilish va faoliyatini yaxshilash boyicha kerakli choralarni korishlari kerak. Bu haqdajoriyyilning 17-sentabr kuni Xalq talimi vazirligi rahbariyati va Toshkent shahar maktablari direktorlari bilan uchrashuvda takidlandi, deb xabar beradi Xalq talimi vazirligi Axborot xizmati.

Uchrashuvda qayd etilganidek, 2018-yilning 5-sentabr kuni davlat rahbari Xalq talimini boshqarish tizimini takomillashtirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagifarmonni imzoladi. Ushbu hujjat maktablarga ijara, homiylik, qoshimcha togaraklar va xizmatlar korsatish orqali budjetdan tashqari qoshimcha mablag ishlash imkoniyatini ochib berdi. Mablaglarni oqituvchilar va direktorlarni ragbatlantirishga yonaltirish imkoniyati ham mavjud. Avvallari maktablar ozlari qoshimcha ishlagan daromadlarining kichik qismini sarflash imkoniyatiga ega edilar va korsatilayotgan xizmatlarni qonuniy rasmiylashtirishga qiziqish juda sust bolgan.

Xalq talim vazirligi rahbariyatining takidlashicha, maktab direktorlari qonuniy ishlashlari va berilayotgan imkoniyatlardan foydalanishlari lozim. Poytaxt maktablari qolganlar uchun ornak bolish kerakligi aytildi.

Shu bilan birga talab yuqori bolgan maktablarda bolalarni talim muassasalariga oqishga qabul qilishda korrupsiya belgilarini yoqotish uchun kelgusi oquv yilidan boshlab ushbu maktablarga qabul qilish Adliya vazirligi qoshidagi Davlat xizmatlari agentligining yagona darcha markazi orqali amalga oshiriladi. Bu orqali noqonuniy harakatlarni amalga oshirayotgan rahbarlar va ularning vositachilarining shaxsiy manfaatlari yolidagi harakatlariga chek qoyiladi.

Shu bilan birga, ota-onalar tomonidan talab yuqori bolgan maktablarga tarmoq maktablari tashkil etish huquqi taqdim etiladi. Bu esa maktablarda joy yetishmasligi va korrupsiya omillarining kamayishiga yordam beradi.

Muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan direktorlar ushbu tarmoq maktablari hisobidan koproq mablaglar ishlashlari, bu esa maktab pul mablaglarini moliyalashtirish tizimi (Pul oquvchi ortidan keladi tamoyili)nisamarali joriy etish orqali amalga oshiriladi. Ushbu tizim orqali muvaffaqiyatli maktablar koproq moliyalashtirishga ega boladilar.

Hozirgi kunda Toshkentdagi yuzga yaqin maktablar ozlarining loyihaviy quvvatlaridan kam bolgan kontingent bilan ishlayotgani, ularning direktorlari talim berishni sifatli darajada yolga qoya olmayotgani va ota-onalar farzandlarini bunday maktablarga yuborishdan manfaatdor emasligi aytib otildi. Vaholanki, oz faoliyatini samarali tashkil etgan maktablarda esa joy yetishmovchiligi mavjud va talim bir necha smenada tashkil etilgan. Shuningdek, maktab direktorlariga ozlari rahbarlik qilayotgan muassasalarda talim berish boyicha xizmatlarning samaradorligini oshirish vazifasi yuklatildi. Agar vaziyat ozgarmasa, pastkorsatkichlimaktablar muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan maktablarning filialiga aylantirilishi takidlandi.

Shu bilan birga, maktab direktorlari turli maqsadlar uchun noqonuniy pul yigimlarga chek qoyishlari lozim. Uchrashuv davomida vazirlik yaqin kunlarda maktablarda onlayntolov tizimlari orqali homiylikni yangi mexanizmlarini ishga tushirilishi, ushbutizmorqali maktab direktorlari muvaffaqiyatga erishgan bitiruvchilarini oz maktabiga yordam berish maqsadida homiylik mablaglarini jalb etishlari mumkinligi aytib otildi.



Manba: Daryo.uz
: admin (19-09-2018, 21:41)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 7) ( 0) ( 5) ( 2)
:
-
:
20 ... -