» » Xalqaro valyuta jamg‘armasi islom diniga asoslangan bank biznesiga e’tiborni kuchaytiradi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi islom diniga asoslangan bank biznesiga e’tiborni kuchaytiradi


Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbariyati bank xizmatlarini islom dini asosida taqdim etish keng tarqalgan mamlakatlarda moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar to‘plamini tasdiqladi, deb yozadi “TASS”.

Shu munosabat bilan tashkilot tomonidan keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, islom diniga asoslangan bank biznesi dunyoning 60 ta mamlakatida mavjud bo‘lib, uning aktivlari umumiy hajmi 2016-yil holatiga ko‘ra, 1,5 trillion dollarga baholanmoqda. 1990-yillar oxirida esa ushbu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 100 milliard dollarga teng bo‘lgan.

Hujjatda aytilishicha, dunyoda islom banklari ulushi 2 foizni tashkil etadi. Ammo u tez o‘sib, siyosiy rahbariyatning tobora ko‘proq e’tiborini jalb qilmoqda. Shunga muvofiq, Xalqaro valyuta jamg‘armasi 2015-yilda Islom moliyaviy xizmatlari bo‘yicha Kuala-Lumpur kengashi rahbarligida qabul qilingan standartlarni hamma joyda joriy qilishga da’vat etmoqda. Ular qatorida muammoli banklar bilan bog‘liq vaziyatni tartibga solishning amaliy mexanizmlarini ishlab chiqish, moliyaviy “sug‘urta tarmoqlari”ni yaratish, sifatli suveren aktivlar chiqarishni tezlashtirish tilga olindi.

Опубликовано: admin (22-02-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют