» » Irlandiya Apple’dan 14 mlrd yevrodan ortiq to‘lanmagan soliqni undirib oldi-

Irlandiya Apple’dan 14 mlrd yevrodan ortiq to‘lanmagan soliqni undirib oldi-


Yevropa komissiyasi Irlandiyaga qarshi sud da’vosini qaytarib olishni rejalashtirmoqda. Bunga mamlakat tomonidan Amerikaning Apple kompaniyasidan to‘lanmagan 14,3 milliard yevro miqdoridagi soliqning undirib olingani sabab bo‘lgan. Bu haqda raqobat masalalari bo‘yicha Yevropa komissari Margret Vestagerga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Vestagerning ma’lum qilishicha, Irlandiya moliya vaziri 14 milliard yevro miqdoridagi to‘lanmagan soliq to‘liq to‘langanini tasdiqlagan. Shu tariqa komissiya sud ishini yopishi mumkin.

Xabar berilishicha, Irlandiya hukumati Apple’dan 13,1 milliard dollar miqdorida to‘lanmgan soliq va 1,2 milliard dollar miqdorida ularning foizini undirib olgan. To‘langan mablag’lar Irlandiyada alohida hisob raqamda saqlanmoqda. Bu mablag‘lar Apple va Yevrokomissiya qaroriga nisbatan Irlandiya hukumati appelyatsiyasining ko‘rib chiqilish muddati tugaguncha ana shu hisob raqamda turadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2018, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют