» » AQShda “Florens” dovuli qurbonlari soni 37 kishiga yetdi

AQShda “Florens” dovuli qurbonlari soni 37 kishiga yetdi


AQShning Shimoliy va Janubiy Karolina shtatlarida “Florens” dovuli qurbonlari soni 37 kishiga yetdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

“Florens” dovuli AQShning Atlantika qirg‘oqlariga 14-sentabr kuni yopirildi va uning kuchi darhol pasaygan. Shamoldan yuzaga keladigan xavf sezilarli pasaygan, uning tezligi soatiga 75 kilometrni tashkil qilmoqda. Biroq katta miqdordagi yog‘ingarchilik sababli kuchli toshqinlar xavfi saqlanib qolmoqda.

Shimoliy va Janubiy Karolinaning 27 mingdan ortiq aholisi vaqtincha boshpanalarda turibdi. Yuz minglab foydalanuvchilar, taxminan 523 mingta uy va korxona elektr energiyasidan mahrum bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2018, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют